Quire

Python

From Quire, the open reference··2 min read

[1]

Python
Python
ParadigmalariKoʻp paradigmali dasturlash tili: obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash,[2], tartibotli dasturlash (imperativ dasturlash), funksional dasturlash, strukturali dasturlash, reflektiv dasturlash
MuallifiGuido van Rossum
Tuzilgan yili20-fevral, 1991-yil[3]
Turiobyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili
Holatifaol
Versiyalari3.12.4 6.6.2024
Ishga tushirish turiIDE orqali
Operatsion tizimkross-platformali
LitsenziyaPython Software Foundation License
Fayl kengaytmalari.py, .pyi, .pyc, .pyd, .pyo, .pyw, .pyz
Vebsaytpython.org
Dialektlari
Cython, RPython, Starlark[4]
Bunga asos boʻlgan tillar
ABC, Ada, Algol 68, APL, C, C++, Klu, Dylan, Haskell, Icon, Java, Lisp, Modula-3, Perl, Standard ML
Buning asosida tuzilgan tillar
Apache Groovy, Boo, Cobra, CoffeeScript, D, F#, Genie, Go, JavaScript, Julia, Nim, Ring, Ruby, Swift

Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — payton, piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan[5]. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.

Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.

Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi[6].

Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo[7] portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan[8].

Guido van Rossum
Guido van Rossum Image: source and license

Sintaksisi#edit

Unda Lua tiliga oʻxshab, bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻzgaruvchiga qiymat berish mumkin. Shuningdek, yangi oʻzgaruvchi kiritmasdan turib, ikkita oʻzgaruvchining qiymatlarini almashtirish mumkin:

 x, y = y, x

Va uni funksiyalaridan ham shunday turda qaytarishingiz mumkin:

def function():
    x = "Jimbo"
    y = "Wales"
    return x, y

Salom, dunyo!#edit

# -*- coding: utf-8 -*-
print("Salom, shohjahon!")

print()#edit

# -*- coding: utf-8 -*-
Agar siz print('SHOHJAHON
') deb '' ni orasiga istalgan so'zni yozsangiz anashu so'z chiqadi.

Natija: salom vikipedia

Ishlatilishi#edit

Web dasturlash#edit

Grafika#edit

  • Skencil — Vektor grafikasi uchun dastur

Pythonni ishlatadigan dasturlar#edit

Pythonni ishlatadigan kompaniyalar#edit

Yana qarang#edit

Manbalar#edit

  1. ^ àà'Yotiq matn'
  2. ^ „General Python FAQ — Python 3.9.2 documentation“.
  3. ^ „Python 0.9.1 part 01/21“. alt.sources archives.
  4. ^ „Starlark Language“.
  5. ^ Kuhlman, Dave. „A Python Book: Beginning Python, Advanced Python, and Python Exercises“
  6. ^ Rossum, Guido Van (20-yanvar 2009-yil). „The History of Python: A Brief Timeline of Python“
  7. ^ https://codingdojo.com/blog/top-7-programming-langugages
  8. ^ Narzullayev Anvar. Pythonda dasturlash asoslari. — T.: „Akademnashr“, 2021. — B. 6.

Havolalar#edit

This article is mirrored from “Python” on Oʻzbekcha Wikipedia, revision 6263491, written by Wikipedia's contributors and licensed CC BY-SA 4.0. Editing it here creates a Quire copy with its own history.

Synced with Wikipedia revision 6263491 · just now