Quire

BioAPI

From Quire, the open reference··1 min read

BioAPI — bu biometrik qurilmalar dasturiy taʼminotini ishlab chiquvchilarning dasturiy interfeyslarini birlashtirish uchun maxsus  BioAPI Consortium standart.

Tarixi#edit

1999-yil mart oyida NIST Axborot Texnologiyalari Laboratoriyasi va Human Authentication API HA-API standartini ishlab chiqish guruhiga homiylik qilgan AQSh Biometrik Konsorsiumi BioAPI Consortium ostida kuchlarni birlashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar. 1999-yil oʻrtalarida qayta tuzilgan BioAPI Consortium API arxitekturasini ishlab chiqishni yakunladi va 2000-yil mart oyida 1.0 standartining spesifikasiyasi chiqarildi va 2000-yil sentabr oyida ushbu standartni amalga oshirish (amaliyotda qoʻllash) MS Windows platformasida yoʻlga qoʻyildi.

2001-yil mart oyida standartning 1.1-versiyasi ishlab chiqildi va uning Windows tizimida ishlashi taʼminlandi.

Hozirgi holati#edit

Hozirgi vaqtda standartning 1.1-versiyasi asos sifatida qabul qilingan standart hisoblanadi. Unix (Linux) platformasi uchun versiyasi hali ishlab chiqilmagan, ammo BioAPI Consortium xabarlariga koʻra, ishlab chiqish jarayoni uzoq vaqtdan beri davom etmoqda va allaqachon aʼzolari oʻrtasida beta-versiya sinov davri boʻlib oʻtgan.

Konsorsium veb-saytining statistik maʼlumotlariga koʻra, 90 dan ortiq biometrik ishlab chiqaruvchilar allaqachon oʻz mahsulotlari va yechimlarining BioAPI standartiga muvofiqligini eʼlon qilgan.

Havolalar#edit

This article is mirrored from “BioAPI” on Oʻzbekcha Wikipedia, revision 3700254, written by Wikipedia's contributors and licensed CC BY-SA 4.0. Editing it here creates a Quire copy with its own history.

Synced with Wikipedia revision 3700254 · just now